Avvalo, routerni kompyuterga jismoniy tarzda ulash kerak. Bunday ulanishning 2 varianti mavjud:
1. Simli
U asosiy ulanish turi sifatida qaraladi. Simli ulanishda routerni sozlash jarayonida turli xatoliklar yoki osilib qolishlar ehtimoli minimal darajaga tushadi.
1. Routerni va kompyuterni yoqing.
2. Ikkala uchida ulagichlari bo‘lgan “vitaya para” turidagi kabelni oling.
3. Kabelning bir uchini kompyuterning Ethernet-portiga, ikkinchi uchini esa routerning orqa qismidagi shunga o‘xshash portga ulang (ikkala holatda ham – engil “shiq” ovozigacha).
2. Simsiz
- 1. Routerni va kompyuter/notebook/smartfonni yoqing.
- 2. Wi-Fi tarmoqlari ro‘yxatidan sizning routerniz tarqatayotgan tarmoqni toping.
- 3. Wi-Fi tarmog‘ingizga ulaning.
Har qanday brauzerni oching, manzil satriga: 192.168.1.1 yozing va Enter tugmasini bosing.
Agar ushbu manzil ishlamasa (“Sahifa topilmadi” yoki shunga o‘xshash xabar chiqsa), 192.168.0.1 yoki mwlogin.net manzillarini sinab ko‘ring.
Router sizdan kirish parolini (administrator parolini) yaratishni so‘raydi. Keyinchalik ushbu parol Mercusys routerning sozlamalar sahifasiga kirishda kerak bo‘ladi.
Ehtimol, kiritilgan ma’lumotlar (manzil, login, parol) ishlamasligi mumkin. Bu avvalgi foydalanuvchi routerni o‘zgacha sozlaganini anglatadi. Uni zavod sozlamalariga qaytarish kerak.
«RESET» tugmasini 5–10 soniya bosib turing. Sozlamalar tiklangach, routerning qayta yuklanishini kuting. Keyin yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib boshqaruv paneliga qayta kiring.
Internet ulanishini sozlash:
- WAN ulanish turi: PPPoE;
- “Foydalanuvchi nomi” qatoriga internet-provayder tomonidan berilgan loginni kiriting (shartnomada ko‘rsatilgan);
- “Parol” qatoriga internet-provayder bergan parolni kiriting (shartnomada ko‘rsatilgan);
- “Keyingi” (Dalee) o‘qchasini bosing.
Wi-Fi tarmog‘ini sozlash:
Simsiz rejim sozlamalari sahifasida faqat Wi-Fi tarmog‘i nomini o‘zgartirish va uni himoya qiladigan parol yaratish kerak.
- Wi-Fi nomini va parolini xohlaganingizcha o‘zgartiring.
- “Keyingi” (Dalee) o‘qchasini bosing.
Sozlashni yakunlash:
- “Tugatish” (Zavershit) belgisini bosing.
Qo‘shimcha ulanishni sozlash uchun “Qo‘shimcha sozlamalar” > “WAN sozlamalari” bo‘limiga o‘ting
- Kalitni “Dinamik IP-manzil” rejimiga o‘tkazing.
- “Saqlash” (Sohranit) belgisini bosing.
Routerni sozlash yakunlandi.
